Orqaga qaytish Mavzuni tahrirlash Mavzuni o'chirish

Muallif: G'aniyev Temur Komiljon o'g'li
Ma'lumotlar bazasi

Qadim zamonlarda odamlar ma’lumotlarni qoya toshlarda rasm ko‘rinishida qoldirish orqali
keyingi avlodlarga yetkazgan. Bu orqali ularni ma’lum bir xatarlardan himoya qilishga harakat
qilgan. Keyinchalik yozuv turlari paydo bo‘lib, u axborotni aniqroq tasvirlash vositasi sifatida
insonlar tomonidan foydalanila boshlangan. Kitob, gazeta, jurnal kabilarning paydo bo‘lishi
esa odamlarning yanada bilimli bo‘lishiga olib kelgan.
Kishilik jamiyatining aqliy jihatdan rivojlanishi yangi texnologiyalarning yaratilishiga, bu orqali
axborotlardan foydalanishning samarali usullarni qo‘llashga olib kelmoqda. Jumladan,
ma’lumotlar bazasi axborotlardan foydalanishdagi samarali usullardan biri hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasi – kompyuter xotirasidagi tartibga solingan ma’lumotlar to‘plami. Unda
foydalanuvchi ma’lumotlar bazasiga ma’lumotni osonlik bilan kiritishi, tahlil qilishi va
boshqarishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining asosiy maqsadi ma’lumotlarni tartibli saqlash
orqali undan samarali foydalanishdan iborat.


SQL ( ingl. Structured Query Language) – oldindan sxemalashtirilgan va o‘zaro
bog‘langan jadvalli ma’lumotlar bazasi uchun mo‘ljallangan so‘rov tili. Bugungi kunda
SQL ma’lumotlar bazasi turi sifatida ham qo‘llanilmoqda.

NoSQL – hujjat fayllari va grafik tasvirlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qiluvchi
va undan samarali foydalanuvchi vosita. Uning yaratilishiga sabab bazada
ma’lumotlarning oldindan belgilangan sxema yoki qandaydir bog‘liqlik asosida
yaratilmasligi