Orqaga qaytish Mavzuni tahrirlash Mavzuni o'chirish

Muallif: G'aniyev Temur Komiljon o'g'li
Ma'lumotlar bazasi turlari

Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni saqlash va undan foydalanish jarayonini osonlashtiradi.
Deylik, sizning maktabingiz kundalik.com saytiga ulangan. Sayt ma’lumotlar bazasida
siz haqingizda barcha ma’lumotlar, jumladan, shaxsiy ma’lumotlaringiz, o‘rganayotgan
fanlaringiz, o‘qituvchilaringiz hamda erishgan natijalaringiz saqlanmoqda. Bazadagi
ma’lumotlar veb-sayt orqali sizga, o‘qituvchingizga, ota-onangizga taqdim etiladi. Shuningdek,
o‘qituvchilar sayt ma’lumotlar bazasiga o‘quvchilar baholarini kiritadi, ota-onalar, o‘quvchilar
esa kiritilgan ma’lumotlarni, ya’ni baholarni doimiy ravishda kuzatib borish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Ma’lumotlar bazasi hamda Intenet orqali ota-onangiz sizning fanlarni o‘zlashtirish
darajangizni masofadan kuzatib boradi. Bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasi relyatsion
ma’lumotlar bazasi turiga kiradi va ma’lumotlarni jadvallarda saqlaydi.

 

Ierarxik (shajara) ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar
yozuv ko‘rinishida bo‘lib, bir-biriga daraxtsimon holatda
bog‘lanadi. Bog‘lanish jarayoni yuqoridan pastga tomon
joylashib, parallel bog‘lanishning imkoniyati mavjud
emas. Bunday usul oilaviy shajarani aks ettirishda keng
qo‘llaniladi.
Tarmoq ma’lumotlar bazasi. Bu usul ierarxik ma’lumotlar bazasining
rivojlangan ko‘rinishi bo‘lib, o‘zaro bog‘lanish jarayonida cheklashlar
mavjud emas. Shu sababli ham ma’lumotlar bazasini yaratishning
bunday usuli o‘rgimchak to‘riga o‘xshatiladi.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bir-biri bilan oldindan
belgilangan tartib asosida jadval ko‘rinishida tuziladi. Jadvaldagi
ma’lumotlar qator va ustunlar kesishmasidan hosil bo‘lgan kataklarda
saqlanadi. Ma’lumotlarni saralashda SQL tilidan foydalaniladi