Orqaga qaytish Mavzuni tahrirlash Mavzuni o'chirish

Muallif: G'aniyev Temur Komiljon o'g'li
Sun’iy intellekt tushunchasi va uning rivojlanish tarix

Texnologik taraqqiyot va insoniyat ehtiyojlarining umumiy talabi sun’iy aqlning hayotimizning
barcha sohalariga kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. U inson aqlining muqobili sifatida
ko‘rilmoqda va tibbiyot, iqtisod, ta‘lim kabi ko‘plab sohalarning rivojlanishida asosiy rol
o‘ynamoqda. Ma‘lumki, Facebook, Google, YouTube, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar yoki
Amazon, Alibaba kabi Internet do‘konlari ham sun’iy intellektdan foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlar
har bir foydalanuvchi tashqi qiyofasini taniy olishi, uning qiziqishlarini tahlil qila olishi sababli
turli xizmatlarni taklif qilishi mumkin. Sun’iy intellektdan Internet xizmatlaridan tashqari davlat
tashkilotlarida foydalanish ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, sun’iy intellekt usullari moliya
sohasida qaysi operatsiyalarda firibgarlik bo‘lishi mumkinligini aniqlashda, tezkor va aniq
kredit qarorlarini qabul qilishda, shuningdek, ma‘lumotlarni boshqarish bo‘yicha vazifalarni
avtomatlashtirishda yordam bermoqda.
Sun’iy intellektni puxta o‘rganish natijasida har bir shaxs kelajakda o‘z kasbida undan samarali
foydalanish, uning imkoniyatlarini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi