Orqaga qaytish Mavzuni tahrirlash Mavzuni o'chirish

Muallif: G'aniyev Temur Komiljon o'g'li
Pythonning sun’iy intellekt texnologiyalaridagi o‘rni

Sun’iy intellekt qandaydir dasturlash tilida yaratilgan, inson kabi alq-idrokka ega dastur
hisoblanadi. Dastur yaratish uchun muayyan bir dasturlash tilidan foydalaniladi. Bugungi
kunda ko‘plab zamonaviy dasturlash tillari mavjud va ular turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli
qo‘llanilmoqda. Dasturchilar tomonidan eng ko‘p foydalanilayotgan tillarga Kotlin, C++, Java,
C#, Go, JavaScript, TypeScript, Swift, PHP, Ruby va Pythonni misol keltirishimiz mumkin.
Sanab o‘tilgan dasturlash tillarining bir-biridan kamchilik va ustunlik tomonlari mavjud. Ular
ko‘proq muayyan bir sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan desak, xato qilmaymiz. Sun’iy
intellektni rivojlantirish uchun eng yaxshi dasturlash tilini aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar
amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Python dasturlash tili sun’iy intellektni
rivojlantirish uchun eng ma’qul dasturlash tili sifatida e’tirof etilgan

 

Raqamli ma’lumotlar –kompyuterdan o‘rin olgan rasmli, matnli, audio,
videoma’lumotlar. Bunday ma’lumotlar kompyuter xotirasida ikkilik sanoq sistemasida
saqlanadi.
Dasturlash tili kutubxonasi – oldindan yozilgan, o‘zida kerakli kodlarni jamlagan va
boshqalar foydalanishi uchun mo‘ljallangan ma’lum bir dasturlash tilidagi kod fayli.
Masalan, kutubxona Pythonda – *.py, Javada – *.jar, C++ da – *.lib kabi formatli
fayllarda saqlanishi mumkin.