Orqaga qaytish Mavzuni tahrirlash Mavzuni o'chirish

Muallif: G'aniyev Temur Komiljon o'g'li
Tarmoq qurilmalar

Tarmoq interfeysi kartasi – kompyuterni tarmoqqa ulash
imkonini beruvchi qurilma. Ethernet kabelini kompyuterga ulash
uchun tarmoq interfeys kartalari ishlatiladi. Shuning uchun
tarmoq interfeys kartalari Ethernet kartasi (ing. Ethernet Card)
deb ham nomlanadi. Ethernet kartalari 10 Mbit/s dan 1 Gbit/s
(1000 Mbit/s) gacha bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish tezligiga ega.
Har bir tarmoq interfeys kartasining MAC-manzili mavjud bo‘lib, u tarmoqdagi kompyuterni
yagona identifikatsiyalashga yordam beradi.
Hozirgi kunda aksariyat zamonaviy kompyuter va noutbuklarda tarmoq interfeys kartalari
asosiy plataga o‘rnatilgan bo‘lib, ular Internetga ulanish jarayonini sozlashni soddalashtiradi